Xamas hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Isroil armiyasi o‘zining rasmiy veb - saytida kecha ertalabdan beri halok bo‘lgan 26 nafar askarning ism – shariflari bilan fotosuratlari o‘rin olgan ma’lumot bo‘lishdi.

2047825
Xamas hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Xamasning G‘azo sektori blokadasidan uyushtirgan hujumlarida 600 kishi halok bo‘ldi, 2000 kishi tan jarohati oldi.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, jarohatlanganlardan 345 nafarining ahvoli og‘ir ekani bildirildi.

Isroil armiyasi o‘zining rasmiy veb - saytida kecha ertalabdan beri halok bo‘lgan 26 nafar askarning ism – shariflari bilan fotosuratlari o‘rin olgan ma’lumot bo‘lishdi.

Isroil radiosi orqali berilgan bayonotda halok bo‘lganlar orasida Nahal brigadasi qo‘mondoni, Tekshuf bataloni qo‘mondoni, Maglan bo‘linmasi qo‘mondon o‘rinbosari, bir nafar komandir va ichki front qo‘mondonligida bir guruh rahbar bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Isroil armiyasi matbuot xizmati kotibi Daniel Xagariyning qayd etishicha, Isroilning janubi va G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda hozirgacha 400 nafar Xamas a’zosi halok bo‘lgan.

Xagariyning qayd etishicha, Isroil 24 soat ichida G‘azo sektori chegarasiga yaqin hududlardagi aholi punktlarini butunlay evakuatsiya qiladi.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan yozma bayonotda, G‘azo sektori chegarasidagi ko‘pchilik hududda nazoratning qayta qo‘lga kiritilgani ma‘lum qilindi.

Bayonotda, qiruvchi samolyotlar orqali Xamas bilan aloqador idoralar joylashgan va yuqori martabali aʼzolar tomonidan amaliyotlar oʻtkazish uchun foydalanilgani aytilgan koʻp qavatli ikkita binoga hujum qilingani ifoda etildi.

Bayonotda, Xamas yetakchilari bilan a’zolariga oid ofislar bilan Xamas tarkibidagi turli tuzilma va bo‘linmalarga oid ekani iddio etilgan byurolar o‘rin olgan binoning, “Falastin” deb atalishi, unga shundan nom berilgani qayd etildi.

Kecha yana 2 ta katta binoga zarba berilgani yodga solingan bayonotda, shu orqali Xamas uchun muhim bo‘lgan 4 ta binoga hujum qilingani ifoda etildi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorining ba’zi hududlaridagi falastinliklarni, xavfsizlik uchun uylarini tark etishga chaqirdi va boshpanalarga borishlarini talab qildi.

Isroil armiyasi voizi Avichay Adree X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali, G‘azo harbiylari nazorati ostidagi mintaqani yopiq harbiy zona deb e’lon qilganliklari va bu yerga aslo kirilmasligini bildirib, mazkur yerdan xalqni uzoq turishi borasida ogohlantirdi.

Isroil G‘azoga hujumlarini kechasi ham davom ettirdi. Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari G‘azo shahri g‘arbida falastinlik guruhlarga oid harbiy nuqta bilan Bayt Hanun shaharchasi va G‘azoning janubiy va markaziy qismida uylar bilan davlat muassasalariga tegishli binolarni bombardimon qildi.

Nishonga olingan nuqtalar orasida Xamasning G‘azodagi rasmiylaridan biri Yahyo as - Sinvarning an - Nasr tumanidagi ofisi, Falastin stadioni, G‘azodagi “Islom milliy banki” va “Ishlab chiqarish banki” binolari bor edi.

Hujumda G‘azoning g‘arbidagi al - Jala ko‘chasida, ichida ba’zi huquq byurolari bilan ofislar ham o‘rin olgan 14 qavatli “Vatan” turar - joy binosi ham bombardimon qilindi. Hujum natijasida turar - joy binosi vayron bo‘lar ekan, atrofidagi binolar ham ziyon ko‘rdi. Bu esa, mazkur hujumlarda bombalangan 14 qavatli ikkinchi turar joy binosi edi.

Isroil samolyotlari shuningdek, Xamas siyosiy byurosi kotibi Kamol Abu Avn bilan Siyosiy byuro a’zolaridan Isom al - Daalis, Nizor Avadallah, Mahmud az - Zahhar va harakat yetakchilaridan biri Isom as - Sarrajning uylariga havodan zarbalar berdi.

Isroil dengiz kuchlariga aloqador bir guruh ham G‘azo sohillari yaqinidagi ba’zi hududlarni bombardimon qildi.

Isroil armiyasi X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida, Dengiz kuchlarining, mamlakat janubidagi Zikim sohili hududiga sizib kirishga uringan 7 nafar terroristni aniqlagani, armiya va dengiz kuchlariga oid samolyotlarning bu kishilarni turar – joy punktlariga o‘tishiga monelik qilganini bildirdi.

Isroil, G‘azoga yoqilg‘i va tovarlarning kirishini to‘xtatish haqida ham qaror qabul qildi.

Isroil Energetika vaziri Yisrael Kats esa, avvalroq blokadadagi G‘azo sektoriga elektr ta’minotini to‘xtatishni buyurgan edi.



Aloqador xabarlar