Hamas Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" operatsiyasini boshladi

Hamasning qurolli qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari qo'mondoni Muhammad al-Dayf, Isroilga qarshi "Aqsa To'fonini" operatsiyasini boshlaganliklarini ma'lum qildi.

2047608
Hamas Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" operatsiyasini boshladi

 

Hamasning qurolli qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari qo'mondoni Muhammad al-Dayf, Isroilga qarshi "Aqsa To'fonini" operatsiyasini boshlaganliklarini ma'lum qildi.

Dayf, yuzi ko'rinmagan videoda Izzeddin Qassam brigadalarining Isroilga qarshi boshlagan amaliyoti haqida gapirdi.

Falastin xalqining yana inqilob qilib, davlat qurish loyihasiga qaytganini ifoda etgan Dayf, "Isroilning qonunbuzarliklariga qarshi chiziq chizishga qaror qildik va Isroilga qarshi Aqsa To'fonini operatsiyasini boshladik" dedi.

Al-Aqsa To'fonining birinchi bosqichida Isroil tomon 5 mingga yaqin raketa va minomyot otganliklarini izohlagan Dayf, Isroil bilan xavfsizlik koordinatsiyasi tugatilganini bildirdi.

Dayf, Al-Aqso To'fonining Isroil o'ylagan va kutganidan ham kattaroq bo'lishini ta'kidlab, islom va arab dunyosini Isroilning ishg'olini yo'q qilish uchun birlashishga chaqirdi va "qo'lida miltiq bo'lgan har bir kishini bunga chaqiring". Deya qayd etdi.

Dayf, Al-Aqsa to’foni  operatsiyasida qatnasha olmaganlardan birdamlikni qo'llab-quvvatlashlarini so'radi va e'lon qilgan ko'rsatmalar va bayonotlarga amal qilinishini so'radi.

Dayf, birinchi bosqichda Isroilning harbiy hududlari va havo bazalarini nishonga olganliklarini, Isroil tomonga raketa otishni davom ettirishlarini bildirdi.

Hamas, "Aqsa toshqin" operatsiyasi doirasida Isroilning Kerem Abu Salim chegara darvozasi va G'azo sektorining janubi-sharqidagi atrofidagi harbiy nuqta qo'lga olinganini da'vo qildi.

Hamasning ijtimoiy media hisobi orqali tarqatgan suratlarda Izzeddin al-Qassam brigadasi unsurlari Kerem Abu Salimga mototsiklda bostirib kirgani va ko'plab isroillik askarni o'ldirgani ko'rindi.

Bundan tashqari, tasvirlarda to'liq harbiy kiyim kiygan Qassam a'zolarining so'z yuritilgan hududda vaqti-vaqti bilan Isroil askarlari bilan to'qnash kelgani, keyin esa hududda butunlay hukmronlik qilgani ko'rsatilgan.

Isroil Jamoat Teleradiokompaniyasi (KAN) xabarida, G'azodan Isroil hududlariga kirib kelgan qurolli guruhning Sderot shahridagi politsiya idorasini egallab olgani, Isroil armiyasining qurolli guruhlar bilan to'qnash kelgani va u yerda jarohat olganlar bor deya bildirdi.

Ayni paytda Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori tomon hujum uyushtirganini, undan raketalar uchirilganini ma’lum qildi.

Isroil jamoat teleradiokompaniyasi (KAN) xabariga ko‘ra, mudofaa vaziri Yoav Gallant zaxiradagi askarlarni xizmatga chaqirish haqidagi farmonni imzolagan.

Isroil ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohildan Sharqiy Quddusga kirish va chiqishlarni yopib qo'ygani ma'lum qilindi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligiga ko‘ra, Isroil ham G‘arbiy Sohilning ayrim qismlariga o‘tish yo‘llarini yopib qo‘ygan.

Isroilning Channel 12 telekanali xabariga ko'ra, G'azodan otilgan raketalar tufayli Isroilda 5 kishi halok bo'ldi. To'rt xil Falastin qurolli guruhi G'azodan atrofdagi aholi punktlariga kirib keldi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA tomonidan e'lon qilingan xabarda, G'azo sektori chegara hududida Isroil qo'shini bilan Falastin guruhlari o'rtasida sodir bo'lgan to'qnashuvda 4 nafar Falastinlik hayotdan ko'z yumgani, 5 nafarining yaralangani ma'lum qilindi.

 

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azo sektori atrofidagi 80 kilometr radiusdagi hududni harbiy hudud deb e’lon qildi.

"Hamas bugun ertalab katta xatoga yo'l qo'yib, Isroilga qarshi urush boshladi. Isroil mudofaa kuchlari barcha infiltratsiya nuqtalarida dushmanga qarshi kurashmoqda. Isroil bu urushda g'alaba qozonadi", dedi Gallant.

G'azo sektori chegarasiga yaqin hududda yonayotgan tankning zarbasi tasvirlari Falastindan ijtimoiy media hisoblarida tarqatildi.

Kadrlarda gapirgan falastinlik, tankdagi Isroil askarlarining Izzeddin al-Qassam kuchlari tomonidan asirga olinganini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda G'azoda Isroil harbiy mashinasini boshqarayotgan Qassamga aloqador qurolli kishilarning suratlari ham paydo bo'ldi.

Isroil Prezidenti Isaac Herzog X, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, "Isroil og'ir davrni boshdan kechirmoqda" dedi. U isroilliklarni armiya kuchlarining ko‘rsatmalariga quloq solishga, o‘zaro ishonch va xotirjamlikni namoyon etishga chaqirdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi ham o'zining X ijtimoiy media hisobi orqali bayonot berib, "Hamasning infiltratsiya amaliyoti tomonidan hujumga uchraganliklari va o'zlarini himoya qilish uchun hamma narsani qilishlarini" bildirdi.



Aloqador xabarlar