Blinken Meksika prezidenti bilan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Meksikaga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken prezident Andres Manuel Lopes Obrador bilan “migratsiya, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va iqtisodiy hamkorlik” masalalarini muhokama qildi.

2047112

Tashrifining ikkinchi kuni Blinken va hamrohligidagi delegatsiya poytaxt Meksikada Lopez Obrador tomonidan qabul qilindi.

X ijtimoiy media platformasida uchrashuv videosini baham ko'rgan Lopez Obrador, AQSh bilan do'stlikka katta ahamiyat berishlarini ta'kidladi.

Blinken bilan “immigratsiya, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va iqtisodiy hamkorlik” mavzularini muhokama qilganliklarini ifoda etgan Lopez Obrador, bu muammolarni hal qilish uchun birgalikda harakat qilishlarini bildirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller ham uchrashuv haqidagi bayonotida:

– Har yili iqtisodiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy darajadagi muloqotlar munosabati bilan ikki davlat o‘rtasida samarali muhokamalar va umumiy yutuqlarga boy yil nishonlanmoqda. o‘z bahosini berdi.

Millerning qayd etishicha, davlat kotibi Blinken Meksika prezidenti Lopes Obradrordan narkobaron Ovidio Gusmanni ekstraditsiya qilgani uchun minnatdor.

Meksika matbuotida chop etilgan xabarda, Lopez Obrador va Blinkenning uchrashuv yakunida tartibsiz migratsiya va fentanilga qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib olgani bildirildi.

Aloqador xabarlar