Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 49 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi

Hujum mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da sodir bo'lgan. Voqea joyidagi qutqaruvchilar 49 kishi, jumladan 6 yoshli bola halok bo'lganini ma'lum qilgan.

2046982
Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 49 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi

 

Rossiya tomonidan Ukrainaning Kupyansk tumanidagi Groza qishlog'iga sodir etilgan bombardimonda 49 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi.

Hujum kecha, mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da sodir bo'lgan. Voqea joyidagi qutqaruvchilar 49 kishi, jumladan 6 yoshli bola halok bo'lganini ma'lum qilgan.

Associated Press agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bombardimonda do'kon va kafelar zarar ko'rgan.
Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy hujumga munosabat bildirdi

“Rossiyaga bu va shunga oʻxshash teraktlar faqat bir narsa uchun kerak: oʻzining genotsid tajovuzkorligini butun dunyo uchun yangi normaga aylantirish uchun”, - dedi u.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar