BMT Qorabog'da armanlarga nisbatan zo'ravonlik yo'qligini ma'lum qildi

Armanistonlik tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik isboti yo‘qligi va mintaqadagi fuqarolik infratuzilmalarining nishonga olinmagani e’lon qilindi.

2045401
BMT Qorabog'da armanlarga nisbatan zo'ravonlik yo'qligini ma'lum qildi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) delegatsiyasi Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyatida

Armanistonlik tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik isboti yo‘qligi va mintaqadagi fuqarolik infratuzilmalarining nishonga olinmagani e’lon qilindi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik hafta oxirida Ozarbayjon hukumatining taklifiga binoan BMT delegatsiyasining Qorabog' mintaqasiga tashrifi haqida ma'lumot berdi.

Delegatsiyaning mintaqadagi insonparvarlik ehtiyojlarini aniqlashga harakat qilayotganini ifoda etgan Dujarrik, “

Uning taʼkidlashicha, delegatsiya tarkibida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi (BMTQK) va BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) vakillari bor.Dyujarrikning aytishicha, delegatsiya Lachin va Xonkendi shahridagi chegara nazorat punktini ko‘zdan kechirgan.

“Delegatsiya arman tinch aholiga nisbatan zo’ravonlik isbotini topmaganliklarini va mintaqadagi fuqarolik infratuzilmalari nishonga olinmaganini ma’lum qildi”. u aytdi.

Dujarrik shifoxonalar, maktablar, uylar, diniy va madaniyat markazlari nishonga olinmaganini va Ozarbayjon hukumati yana uzluksiz sog'liqni saqlash xizmatlarini taqdim etish uchun harakat boshlaganini bildirdi.

Qishloq xoʻjaligi hududlari va hayvonlarga zarar yetkazilmagani kuzatilganini taʼkidladi.

Stefan Dujarrik, delegatsiyaning mintaqadagi arman jamiyati vakillari bilan ham uchrashganini bildirdi.

Mintaqadagi ishonchni qayta tiklashning ahamiyatiga diqqat qaratgan Dujarrik, buning uchun barcha tomonlarning harakat qilishi kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Aniqlandi , #Zo'ravonlik , #A rman , #Qorabog' , #BMT

Aloqador xabarlar