Putin XXRning 74 - yilligi munosabati bilan Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Xitoy Xalq Respublikasiga, bundan roppa - rosa 74 yil muqaddam, 1949 - yilning 1 - oktabri kuni asos solindi.

2044590
Putin XXRning 74 - yilligi munosabati bilan Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasining 74 - yilligi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpinga tabrik yo‘lladi.

Putin unda Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni ta’kidlab, xalqaro mavzularda hamjihatlik ichida qadam tashlaganliklarini bildirdi.

Putin mavzu haqida kasbdoshi Si Szinpinga xitob etgan holda:

“Xitoy sizning yetakchiligingiz ostida ijtimoiy - iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot yoʻlida qatʼiy qadamlar tashlab, global maydonda oʻz mavqeini mustahkamlamoqda. Mintaqaviy va global kun tartibidagi eng muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etmoqda. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik ruhida rivojlanmoqda. Moskva bilan Pekin barcha sohalarda samarali hamkorlik qilib, xalqaro munosabatlardagi sa’y - harakatlarini faol ravishda muvofiqlashtirib kelmoqda. Do‘stim, senga chin dildan sog‘lik, farovonlik va Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolariga esa muvaffaqiyat, baxt va farovonlik tilayman”, — degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar