Iroqdagi yong'inda yaralangan 4 kishi Turkiyaga olib kelindi

Iroqning Mosul shahridagi to'yxonada sodir bo'lgan yong'inda yaralangan 4 kishi Turkiyaga davolanish uchun olib kelindi.

2043892
Iroqdagi yong'inda yaralangan 4 kishi Turkiyaga olib kelindi

 

Iroqning Mosul shahridagi to'yxonada sodir bo'lgan yong'inda yaralangan 4 kishi Turkiyaga davolanish uchun olib kelindi.

Iroq Bosh vazirligi matbuot xizmati tomonidan berilgan yozma bayonotda, “Bosh vazir Muhammad Shiya al-Sudaniyning ko'rsatmasi bilan.

  Hamdaniye tumanidagi fojiali yong’inda jarohatlangan 4 kishi hamrohlari bilan Turkiyaga davolanish uchun yuborildi” dedi.

Bayonotda jarohatlanganlarga 2 nafar shifokor, hamshira va birinchi yordam mutaxassislaridan iborat 10 kishilik tibbiy brigada hamrohlik qilgani bildirildi.

Avvalgi kun Mosul shahrining Hamdaniya tumanidagi to‘yxonada sodir bo‘lgan yong‘inda 93 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 100 kishi tan jarohati olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #4 kish , #Mosul , #yong'in , #Iroq

Aloqador xabarlar