Gretsiyadagi Euboea sohilida vertolyot halokatga uchradi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, havoda noodatiy manevrlar qilayotgan vertolyot bir muddatdan so‘ng radar bilan aloqani uzgan va vertolyot noma’lum sabab bilan Ahladi sohilida dengizga qulagan.

2043656
Gretsiyadagi Euboea sohilida vertolyot halokatga uchradi

 

Gretsiyadagi Euboea sohilida vertolyot dengizga qulab tushdi.

Gretsiya davlat televideniyesi ERTning mintaqadan bergan ma'lumotlariga ko'ra, AW109 tipidagi fuqarolik vertolyoti Volos sanoat hududiga borish uchun Euboea orolidagi Mandudi hududidan parvoz qilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, havoda noodatiy manevrlar qilayotgan vertolyot bir muddatdan so‘ng radar bilan aloqani uzgan va vertolyot noma’lum sabab bilan Ahladi sohilida dengizga qulagan.

Vertolyotdagi 2 kishi uchun qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar