Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan yong‘inda 16 ishchi halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, yong‘in shaxtadan ko‘mir olib ketayotgan platformaning konveyer tasmasi yonib ketganidan boshlangan va yong‘in kirishni to‘sib qo‘yganida ishchilar ichkarida qolib ketgan.

2041867
Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan yong‘inda 16 ishchi halok bo‘ldi

 

Xitoyning Guykou provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan yong‘inda 16 ishchi halok bo‘ldi.

Mahalliy hukumat tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha ertalab Pancou shahridagi Shanciaoshu ko'mir konida yong'in chiqdi.

Davlatga qarashli "Guicou Panciang Refined Coal" kompaniyasi tomonidan boshqariladigan konda yuz bergan yong‘in oqibatida 16 ishchi halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, yong‘in shaxtadan ko‘mir olib ketayotgan platformaning konveyer tasmasi yonib ketganidan boshlangan va yong‘in kirishni to‘sib qo‘yganida ishchilar ichkarida qolib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv ishlarini olib borish uchun shtatga ishchi guruh yubordi va ikkilamchi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo'lgan holatni bartaraf etishni so'radi.

Xitoy Davlat kengashining Mehnat xavfsizligi komissiyasi ham yong‘in sabablarini aniqlash va aybdorlarni jazolash uchun tergov o‘tkazishni buyurdi.

Voqea ortidan shtatdagi konlarning faoliyati bir kunga to'xtatildi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar