Liviyaga dunyoning 24 davlatidan insonparvarlik yordami yuborildi

Sel falokati yuzbergan Liviyaga, dunyoning 24 davlatidan insonparvarlik yordami yuborildi.

2041337
Liviyaga dunyoning 24 davlatidan insonparvarlik yordami yuborildi

Sel falokati yuz bergan Liviyaga dunyoning 24 davlatidan yuklangan yordam ashyosini tashigan 70 dan ortiq samolyot bilan 8 ta kema manzilga yetib bordi.

Liviya Milliy Birlik Hukumatiga qarashli “Hakomitna” deb nomlangan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali, Hukumatning Favqulodda holat va talablarga tez javob berish guruhining, Liviyaga ketayotgan xalqaro insonparvarlik yordamlar haqidagi yozma bayonoti bo‘lishildi.

Ushbu bayonotda, dunyoning 24 davlati nomidan 70 dan ortiq samolyot bilan 8 ta kemada voqeadan jabr ko‘rganlar uchun insonparvarlik yordami yuborilgani qayd etildi.

Xalqaro yordamlarga e’tibor qaratilgan bayonotda, Niderlandiyaning tabiiy ofatdan jabrlanganlarga oziq - ovqat, dori - darmon, boshpana va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 2 million yevrolik yordam ko‘rsatgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, Avstraliyaning 1 million dollarlik yordam berishni rejalashtirgani, Janubiy Koreyaning esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviyadagi yordam faoliyatlari uchun 2 million dollar pul ajratgani ifoda etildi.

Markaziy O‘rta yer dengizida avj olgan va 10 - sentabr kuni Liviyaning sharqiy qismida sodir bo‘lgan “Daniel bo‘roni” Bing‘ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlariga yo‘l ochgandi.

Milliy Birlik Hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba, sel tufayli 11 – sentabrda mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qildi. Liviya Prezidentlik kengashi esa, qardosh davlatlar bilan xalqaro tashkilotlardan voqeadan jabr ko‘rganlar uchun yordam so‘radi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) matbuot xizmati kotibi Tarik Jasarevich, 19 - sentabr kuni Liviyadagi suv toshqini oqibatida 3 ming 998 kishi hayotdan ko‘z yumgani, kamida 8 ming, eng ko‘p 9 ming kishi esa bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar