Yevropa Parlamenti Turkiyaga 400 mln yevro mablag' ajratilishini ma'qulladi
400 million yevrolik yordam fevral oyida sodir bo'lgan zilzilalar tufayli Turkiyaga beriladi.
Yevropa Parlamenti Byudjet qo'mitasi Yevropa Ittifoqi Turkiyaga Kahramanmarashdagi zilzila talofatlarini bartaraf etish uchun 400 million yevro mablag' ajratishini ma'qulladi.
Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Turkiya, Italiya va Ruminiyaga jami 454,8 million yevrolik tabiiy ofat yordami tegishli qo’mita tomonidan 26 ovoz bilan qabul qilindi.
Bu taklif 2-5 oktyabr kunlari Strasburgda bo'lib o'tadigan Yevropa Parlamenti Bosh Assambleyasi yig'ilishida o'tkaziladigan ovoz berishda ma'qullanishi kutilmoqda.
Komissiyaning yordami bir kun oldin Yevropa Ittifoqi davlatlaridan tashkil topgan YI Kengashidan ma'qullangandi.
400 million yevrolik yordam fevral oyida sodir bo'lgan zilzilalar tufayli Turkiyaga beriladi.
Yordamning 33,9 million yevrosi 2022-yilda qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan Ruminiyaga, 20,9 million yevrosi esa 2022-yil sentyabrda suv toshqinlari yuz bergan Italiyaga yuboriladi.
Yordam Yevropa Ittifoqi byudjetining birdamlik va favqulodda yordam uchun ajratilgan qismidan qoplanadi.
Aloqador xabarlar

Rossiya Xamasga minnatdorchilik bildirdi
Rossiya Xamasga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqida Mariya Zaxarova ma'lumot berdi.

G‘azo sektoridagi vaqtinchalik otashkesim muddati yana uzaytirildi
G‘azo sektoridagi vaqtinchalik otashkesim muddati yana 1 (bir) kunga uzaytirildi.