Meksikaning Xalisko shtatida uyushtirilgan hujumda 6 kishi halok bo'ldi

Jalisko shtat prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Teokaltiche shahridagi bir barda noma'lum shaxslar tomonidan qurolli hujum uyushtirilgani bildirildi.

2038573
Meksikaning Xalisko shtatida uyushtirilgan hujumda 6 kishi halok bo'ldi

 

Meksikaning Xalisko shtatidagi barga qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 6 kishi halok bo'ldi.

Jalisko shtat prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Teokaltiche shahridagi bir barda noma'lum shaxslar tomonidan qurolli hujum uyushtirilgani bildirildi.

Bayonotda, hujumda 6 kishining hayotdan ko'z yumgani va ko'p odamning tan jarohati olgani, voqea yuzasidan tergov boshlanganligi bildirildi.

Taxminlarga ko‘ra, hujum jinoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuv natijasida sodir bo‘lgan.

Xalisko shtatida faoliyat yurituvchi "Jalisco  yangi avlod " giyohvandlik karteli mamlakatdagi eng kuchli uyushgan jinoyatchilik tashkilotlari sirasiga kiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #6 kishi halok , #Hujum , #Xalisko shtati , #Meksika

Aloqador xabarlar