AQSh Turkiya kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi

AQSH hukumati Turkiyaning ikki kema sozlash kompaniyasi, shu korxonalardan birining rahbari hamda vositachi kompaniyani, Vashington taxminicha, Rossiyaga elektronika yetkazib berishga aloqador, deya “qora ro‘yxat”ga qo‘shgan.

2037691
AQSh Turkiya kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Turkiya kompaniyalariga nisbatan kiritgan sanksiya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi jarayoniga ta’sir qiladi, degan xavotir yo‘q.  Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ma’lum qildi.

"Biz Turkiya hukumati bilan konstruktiv, iliq munosabatdamiz. Ushbu mamlakat bizning muhim itifoqdoshimiz. Shuning uchun hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q",-deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Shvetsiyani Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilish bo‘yicha Turkiya bilan “ishlashda davom etyapti”, Anqara esa sanksiya bo‘yicha hanuz munosabat bildirmagan.

AQSH hukumati Turkiyaning ikki kema sozlash kompaniyasi, shu korxonalardan birining rahbari hamda vositachi kompaniyani, Vashington taxminicha, Rossiyaga elektronika yetkazib berishga aloqador, deya “qora ro‘yxat”ga qo‘shgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar