Marokashdagi yer silkinishida vafot etganlar soni 2 ming 946 nafarga yetdi

Marokashda 8 - sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo‘lgan yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi.

2037208
Marokashdagi yer silkinishida vafot etganlar soni 2 ming 946 nafarga yetdi

Marokashning Marrakesh shahrida sodir bo‘lgan 7 magnitudali yer silkinishida vafot etganlar soni 2 ming 946 nafarga yetdi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, yer silkinishi oqibatida vafot etganlar soni 2 ming 946 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 5 ming 674 nafarga yetgani qayd etildi.

Voqea oqibatida vafot etganlarning  2 ming 944 nafari dafn etilgani ma’lum qilindi.

Marokashda 8 - sentabr kuni kechasi o‘chog‘i Marrakeshning Al - Hauz mintaqasi ekani aniqlangan 7 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgandi.

Voqea Marrakeshdan tashqari poytaxt Rabat bilan Kasablanka, Meknes, Agadir va Fes shaharlarida ham his qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Marokash , #Marrakesh , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar