Misrning prezidentlik apparati Erdo‘g‘an va Sisi uchrashuviga e’tibor qaratdi

Misrning prezidentlik apparati Erdo‘g‘an va Sisining Hindistondagi uchrashuvi haqida yozma ravishda bayonot berdi.

2035453
Misrning prezidentlik apparati Erdo‘g‘an va Sisi uchrashuviga e’tibor qaratdi

Misrning prezidentlik apparati Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning o‘n sakkizinchi G - 20 Liderlar sammiti doirasida Hindiston poytaxti Yangi Dehlida Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida bayonot berdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra, Yangi Dehlidagi uchrashuvda liderlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qilishning ahamiyatini ta’kidlagan.

Erdo‘g‘an bilan Sisi mushtarak manfaatlar doirasida, Sharqiy O‘rta yer dengizida xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shuvchi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish istagini ifoda etgan.

Shuningdek, Turkiya va Misr manfaatlariga mos ravishda ikki tomonlama munosabatlarning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun maslahatlashuv va muvofiqlashtirishni faollashtirish yo‘llarini ham qo‘lga olganlar.



Aloqador xabarlar