Gretsiyadagi suv toshqini qurbonlari soni 3 nafarga yetdi

Gretsiya o't o'chirish xizmati ma'lum qilishicha, Kardichada sel suvlarida g'oyib bo'lgan 82 yoshli odamning jasadi topildi.

2034231
Gretsiyadagi suv toshqini qurbonlari soni 3 nafarga yetdi

 

Gretsiyadagi suv toshqini qurbonlari soni 3 nafarga yetdi.

Gretsiya o't o'chirish xizmati ma'lum qilishicha, Kardichada sel suvlarida g'oyib bo'lgan 82 yoshli odamning jasadi topildi.

Volos va Magnisiyada suv toshqini qurbonlarining umumiy soni 3 kishini tashkil etdi.

Fuqarolarni himoya qilish bo'limidan Afina aholisining mobil telefonlariga yuborilgan ma'lumotda, agar zarur bo'lmasa, transportda yo'lga chiqmaslik so'ralgan.

Kecha Afina va uning atrofida vaqti-vaqti bilan kuchli yomg'ir yog'di va yo'l harakati to'xtab qoldi.

Toshqin oqibatida yuzlab uylar va korxonalar suv ostida qolgan, o‘nlab avtomobillarni suv bosgan.

Ko‘plab yo‘llar, ko‘priklar, shifoxonalar va sog‘liqni saqlash markazlari ham toshqindan zarar ko‘rgan.

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis boshchiligida tegishli vazirlar va Gretsiya meteorologiya boshqarmasi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda meteorologlar seshanba kuni mamlakatda yoqqan yomg'ir ehtimol mamlakat tarixidagi eng kuchli yomg'ir bo'lganini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar