Blinken Falastin va Isroil yetakchilari bilan muloqot qildi

Blinken suhbat chog'ida "G'arbiy Sohilda davom etayotgan zo'ravonlik"dan xavotirda ekanligini tilga olgan.

2033856
Blinken Falastin va Isroil yetakchilari bilan muloqot qildi

 

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda AQSh Davlat departamentidan muzokaralar bilan bog'liq yozma bayonotda qayd etilgan.

Blinken suhbat chog'ida "G'arbiy Sohilda davom etayotgan zo'ravonlik"dan xavotirda ekanligini tilga olgan.

U shuningdek, Qo'shma Shtatlar Falastin xalqining hayot sifati, xavfsizligi va erkinliklarini oshiradigan qadamlarni qo'llab-quvvatlashda davom etishini qayd etgan.

Abbos va Blinken ikki davlat yechimini qo’llab-quvvatlaganligini yana bir bor ta’kidlab, uni xavf ostiga qo’yadigan harakatlarga mutlaqo qarshi ekanligini ta’kidlagan.

Blinken, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Netanyaxu bilan muloqotda esa, AQShning Isroil xavfsizligiga sodiqligini tasdiqlagan.

Blinken, Qo'shma Shtatlar Isroil va Falastin xalqining xavfsizligi va farovonligini yaxshilashga qaratilgan siyosatlarni qo'llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlagan.

Mushtarak manfaatlarni muhokama qilgan holda, Isroilning mintaqaviy integratsiyasi va Eron tahdidiga qarshi kurashish masalalari ham muhokama qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar