AQSh Turkiya prezidenti Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdi

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi o'rinbosari Vedant Patel matbuot anjumanida tilga oldi.

2033854
AQSh Turkiya prezidenti Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari ma'muriyati Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an va NATO ittifoqchisi Turkiyaga Qora dengiz don tashabbusini qaytadan boshlash borasidagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi o'rinbosari Vedant Patel matbuot anjumanida tilga oldi.

U Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusini to'xtatish qarori butun dunyo bo'ylab oziq-ovqat xavfsizligi bilan kurashayotgan jamiyatlarga zarar yetkazganini aytdi.

Prezident Erdo'g'an dushanba kuni Rossiyaning Sochi shahriga tashrifi chog'ida Moskva ma'muriyatini kelishuvga qaytarishga harakat qilganini qayd etgan Patel, “Prezident Erdo'g’an va NATO ittifoqdoshimiz Turkiyaga Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklashdagi muhim roli uchun minnatdorlik bildiramiz”,-dedi.

Qo'shma Shtatlar Dunay daryosi yo'lini Qora dengiz don tashabbusiga muqobil deb hisoblaydimi? degan savolga Patel AQShning ustuvor vazifasi Rossiyani tashabbusga qaytarish ekanini ta'kidladi.

"Albatta, biz oziq-ovqat mahsulotlarini kerakli joyga olib borish uchun yana qanday variantlar borligini ko'zdan kechiramiz",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g'an , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar