Rossiya: Ukrainaga oid insonsiz havo transportlari urib tushirildi

Rossiya hududiga hujum uyushtirish niyatida ekani iddio etilgan Ukrainaga oid insonsiz havo transportlari urib tushirilgani aytilmoqda.

2033253
Rossiya: Ukrainaga oid insonsiz havo transportlari urib tushirildi

Rossiya poytaxti Moskvaga hujum uyushtirishni rejalashtirgan Ukrainaga oid insonsiz havo transportlarining Moskva, Kaluga va Tver viloyatlarida urib tushirilgani ma’lum qilindi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Kiyevning Rossiya hududidagi obyektlarga qarshi kechasi va ertalab, samolyot tipidagi insonsiz havo transportlari orqali hujum qilish tashabbusining oldi olingani bildirildi.

Soat 03:00 atrofida havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan insonsiz havo transportining Kaluga mintaqasida yoʻq qilingani aytilgan bayonotda, Moskva viloyatining Istrinskiy tumani osmonida ham bir insonsiz havo transporti yoʻq qilingani qayd etildi.

Bayonotda, Ukrainaga oid yana bir insonsiz havo transportining Tver viloyatida urib tushirilgani ifoda etildi.

Moskva meri Sergey Sobyanin ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, qayd etilgan hududlarda urib tushirilgan insonsiz havo transportlarining Moskvaga hujum qilish niyatida ekaniga e’tibor qaratdi.

Ilk aniqlashlarga ko‘ra Moskva viloyatining Istrinskiy tumanida insonsiz havo transportlari qismlarining qulashi natijasida bir binoga ziyon yetganini qayd etgan Sobyanin, dastlabki aniqlashlarga koʻra Tver va Kaluga viloyatlarida qurbonlar qayd etilmagani va atrof – muhit ziyon ko‘rmaganini bildirdi.



Aloqador xabarlar