PKK/YPG Kabbasin va Salihiye qishloqlarida hujum uyushtirdi

PKK/YPG terror tashkiloti hujum uyushtirdi, oqibatida tinch aholidan halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar borligi aytilmoqda.

2033268
PKK/YPG Kabbasin va Salihiye qishloqlarida hujum uyushtirdi

Suriya shimolida “Firot qalqoni” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Bob tumaniga qarashli Kabbasin qishlog‘ida PKK/YPG tomonidan uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 4 kishi tan jarohati oldi.

PKK/YPG terror tashkiloti a’zolari Manbijning ishg‘ol ostidagi Ureyme hududidan Kabbasinga quruqlikdan quruqlikka o‘q uza oluvchi qurollar orqali hujum qildi.

Hujum oqibatida tinch aholidan 4 kishi tan jarohati oldi.

Kecha, PKK/YPG terror tashkiloti tomonidan mamlakatning shimoli-sharqidagi Tel Abyad tumani janubidagi Salihiye qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumda tinch aholidan 1 kishi halok bo‘lib, 2 kishi tan jarohati oldi.

Bob tumani markazi 2017-yilning fevral oyida “Firot qalqoni” amaliyoti orqali terror tashkiloti DEAShdan qutqarilgan edi.



Aloqador xabarlar