AQSH Tayvanga harbiy yordam ko'rsatmoqchi

Amerika Qo'shma Shtatlari ma'muriyati "suveren davlatlar" uchun qo'llaniladigan dastur doirasida Tayvanga birinchi marta AQSh harbiy texnikasini yuborish uchun zarur mablag'ni ma'qulladi.

2031397

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Foreign Military Financing” – Xorijiy davlatlarga harbiy yordam dasturi doirasida Tayvanga 80 million dollarlik harbiy ashyo yetkazib berish qarorini qo‘llagan.

CNN xabariga ko'ra, Davlat departamenti ayni mazmundagi hujjat loyihasi yuzasidan Qonunchilik idorasi tegishli qo‘mitasiga ma’lumot berayotgan vaqtda xabar topgan.

Kongress Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol ayni holatni sharhlab, “Bu amal Xitoy Kommunistik partiyasi tajovuzkorligi oshib borishi asnosida Tayvan milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan”, deya bayonot berdi.

Qo‘shma Shtatlar mazkur orol armiyasini qurol-aslaha bilan ta’minlaydigan asosiy davlat hisoblanadi.

Pekin esa Vashingtondan Tayvanga berilayotgan harbiy yordam to‘xtatilishini talab qilib, bunday harakat XXR – AQSH munosabatiga jiddiy zarar yetkazishini takrorlab keladi.

Tanlangan kalimalar: #Tayvan , #AQSh

Aloqador xabarlar