Meksikadagi Popokatepetl vulqonida portlash sodir bo'ldi

Rasmiylar Popokatepetl vulqonidagi portlash yaqin kunlarda yana takrorlanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

2029788
Meksikadagi Popokatepetl vulqonida portlash sodir bo'ldi

 

Meksikadagi Popokatepetl vulqonida so‘nggi 24 soat ichida 3 ta yangi portlash sodir bo‘ldi.

Meksika Milliy ofatlarni oldini olish markazi (CENAPRED) tomonidan berilgan bayonotda, Popocatepetl vulqonida oxirgi 24 soat ichida 3 ta yangi otilish va 112 ta gaz va kul sochish holati qayd etildi.

Vulqon faoliyati haqida e'lon qilingan kundalik hisobotda, vulqondan otilgan kullar shamol ta'sirida g'arbiy va shimoli-g'arbiy yo'nalishlarga tarqalgani bildirildi.

Mintaqadagi aholi punktlarida yengil va o'rtacha darajadagi kul yomg'iri kuzatilishi mumkinligi ta'kidlandi.

Rasmiylar Popokatepetl vulqonidagi portlash yaqin kunlarda yana takrorlanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Mintaqada xalqi vulqon hududidan uzoqroq turishga chaqirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika

Aloqador xabarlar