Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 11 kishi halok bo‘ldi

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, favqulodda xizmat va politsiya xodimlari ishlamoqda.

2028011
Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 11 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoy shimolidagi Shensi viloyatida joylashgan ko‘mir konida portlash yuz berdi va 11 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Davlat televideniyesi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, 21 avgust kuni Sintay shaxtasida hodisa sodir bo‘lgan payt 90 kishi ishlayotgan edi.

Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, 81 nafar konchi yer yuzasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ulardan ikki nafari og‘ir jarohat tufayli vafot etdi. 11 kishi yengil tan jarohati oldi.

Bugun ertalab yer ostida qolib ketgan 9 ishchining jasadi topildi.

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, favqulodda xizmat va politsiya xodimlari ishlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa yuz bergan shaxta 2020-yilda ish boshlagan va undan yiliga 300 ming tonna ko‘mir qazib olinmoqda.

So'nggi yillarda baxtsiz hodisalar soni kamaygan bo'lsa-da, infratuzilmasi eski va xavfsizlik qoidalari yetarli bo'lmagan Xitoyda mana shunday baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turadi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar