Gretsiyadagi yong'inlar oqibatida qurbonlar soni 20 nafarga yetdi

Gretsiya prezidenti Katerina Sakelaropulu yong'inda hayotdan ko'z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, Dadias o'rmon hududida jasadlari topilgan 18 kishining halok bo'lishidan qayg'uda ekanini bildirdi.

2028071
Gretsiyadagi yong'inlar oqibatida qurbonlar soni 20 nafarga yetdi

 

Gretsiyadagi yong'inlar 4 kundan beri davom etar ekan, Aspropirgosdagi yong'in sanoat zonasidagi zavod va omborlarga tarqaldi.

Viloyatdagi sanoat ob’ektlari yong‘indan zarar ko‘rgan. Yong‘in tufayli ko‘plab yo‘llar transport harakati uchun yopilgan.

G'arbiy Frakiyada, yong'inning ikkinchi kunida Komotini va qishloqlari joylashgan Rodop viloyatida yana 3 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi.

Demirjili, Barakli va Irjanhisar qishloqlari ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilindi.

Hududdagi ko'plab masjidlar uylarini tark etishga majbur bo'lgan aholi uchun eshiklarini ochdi.

Dedeagachdagi Dikiltash va Paraskevi sohil hududida yong'in jangalida qolib ketgan 40 kishi Sohil xavfsizlik bo'linmalariga oid qayiqlar bilan dengiz tomondan qutqarildi. Qutqarilganlar Aleksandrupolis portidagi xavfsiz zonaga olib ketildi.

Gretsiya prezidenti Katerina Sakelaropulu, Evros mintaqasida hayotdan ko'z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, Dadias o'rmon hududida jasadlari topilgan 18 kishining halok bo'lishidan qayg'uda ekanini bildirdi.

"Bu fojia tufayli xalqimizning jabrlangani, o‘limlar, tabiatga yetkazilgan zarar sababli qayg‘udaman",-deydi davlat rahbari.

Yong'in tufayli Viotia va Evros mintaqasidagi Kavajik (Lefkimi) hududida 2 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Shu tariqa, mamlakatda yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Gretsiya

Aloqador xabarlar