Pokistonda harbiy konvoyga sodir etilgan hujumda 6 askar halok bo'ldi

Afg‘onistonda faoliyat ko'rsatgan "Pokiston Toliboni" hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

2027957
Pokistonda harbiy konvoyga sodir etilgan hujumda 6 askar halok bo'ldi

 

Pokistonda harbiy konvoyning o'tishi vaqtida sodir etilgan hujumda 6 nafar askarning halok bo'lgani bildirildi.

Pokiston armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning Afg'oniston bilan chegarasidagi Janubiy Vaziriston viloyatida harbiy karvonga hujum uyushtirilgani ma'lum qilindi.

Hujumda 6 askar hayotdan ko'z yumgani bildirilgan bayonotda, voqea ortidan sodir bo'lgan to'qnashuvda 4 nafar jangari o'ldirilgani, 2 jangari esa yaralangani bildirildi.

Hujumchilarni qo'lga olish uchun hududda operatsiya boshlangani qayd etildi.

Afg‘onistonda faoliyat ko'rsatgan "Pokiston Toliboni" hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Oxirgi oylarda mamlakatda, xususan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida terror hujumlari kuchaygan.

Islomobod bu hujumlar Afg'onistonda joylashgan "Pokiston Toliboni" terroristik guruhi tomonidan sodir etilayotganini ta'kidlaydi. Afg'oniston esa, buni rad etib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar