Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo'mondonlari bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina chegarasi yaqinidagi Rostov-na-Dondagi harbiy shtabga tashrif buyurdi va u yerdagi rossiyalik qo‘mondonlardan ma’lumot oldi.

2026699

Putin Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” uchun mas’ul bo‘lgan harbiy guruhning Rostov-Don shahridagi harbiy shtabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Rossiya prezidenti saroyi Kreml.

Putin ba'zi rus qo'mondonlaridan ma'lumot olayotgan bir paytda Rossiya Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov ham unga hisobot berdi.

Ukraina chegarasidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Rostov-na-Donuda Rossiya Janubiy harbiy okrugi armiyasining bosh qarorgohi joylashgan.

Aloqador xabarlar