Rossiya poytaxti Moskvaga dron hujumi sodir etildi

Bugun, 18 avgust kuni soat 04:00 atrofida uchuvchisiz uchish apparati yordamida Moskva shahri va viloyatida joylashgan ob’yektlarga qarshi hujum uyushtirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

2026219
Rossiya poytaxti Moskvaga dron hujumi sodir etildi

 

Bugun, 18 avgust kuni soat 04:00 atrofida uchuvchisiz uchish apparati yordamida Moskva shahri va viloyatida joylashgan ob’yektlarga qarshi hujum uyushtirildi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa qurollari ta’siridan so‘ng parvoz yo‘nalishini o‘zgartirib, Moskvaning Krasnopresnenskaya qirg‘og‘i hududidagi noturar joy binosiga qulagan.

Moskva meri Sergey Sobyaninning yozishicha, dron parchalari Ekspomarkaz zonasiga tushgan va binoga jiddiy zarar yetkazmagan. 
“Qurbonlar yo‘q. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, deydi Sobyanin.

Favqulodda vaziyatlar xizmatiga ko‘ra, dron qulab tushgan pavilonning maydoni 30 kvadrat metrni tashkil qilgan. Binoning tashqi devori shikastlangan.

Rossiya dron hujumida Ukrainani aybladi.

Rossiya, shuningdek, Ukraina armiyasiga tegishli uchuvchisiz dengiz vositasi (IDA) Qrim yaqinida rus harbiy kemalariga hujum qilganini e'lon qildi.

Hujum nishonga etib bormagani, uchuvchisiz dengiz vositasi urib tushirilgani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar