Eronda qum bo‘roni sababli davlat muassasalari faoliyati yana bir kunga to‘xtatildi

Eronning Sistan-Balujiston viloyatidagi ko‘plab shaharlarda qum bo‘roni sababli davlat muassasalari faoliyati yana bir kunga to‘xtatildi.

2024348

Eron rasmiy agentligi IRNA bilan suhbatda, Sistan-Baluchiston meteorologiya bosh direktori Muhsin Haydari, mintaqada qum va chang bo'ronlari davom etayotganini aytdi.

Eron rasmiysining bildirishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli viloyat shimolidagi Zabul, Hamun, Zehek, Xirmend va Nimruz shaharlaridagi barcha davlat muassasalari yana bir kunga ta’tilga chiqqan.

Jamoatchilik, ayniqsa nafas olish tizimi bilan og'rigan bemorlar zarurat bo'lmasa tashqariga chiqmasliklari kerakligini ta'kidlagan Haydari, tashqariga chiqishga majbur bo'lganlarga niqob ishlatishni tavsiya qildi.

Kum va chang bo'roni sababli kecha Zabul, Zehek, Hamun, Xirmend va Nimruz shaharlarida davlat muassasalari va banklar yopildi.

Aloqador xabarlar