PKK peshmerga kuchlariga hujum qildi

Bo'lginchi terror tashkiloti PKK Iroqning Duhok shahrida Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (KMH) Peshmerga kuchlariga hujum qilgani bildirildi.

2023676
PKK peshmerga kuchlariga hujum qildi

 

Bo'lginchi terror tashkiloti PKK Iroqning Duhok shahrida Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (KMH) Peshmerga kuchlariga hujum qilgani bildirildi.

Mahalliy matbuotda tarqalgan xabarga ko'ra, PKK Duhokning Amediye tumanidagi Dereluk shahri yaqinida ertalab Peshmerga kuchlariga qarata o't ochgan.

Hujumda Peshmerga kuchlaridan qurbon bo'lmagani bildirildi.

Oxirgi kunlarda PKKning Peshmerga kuchlariga qarshi hujumlari ortgan.

KMH Xavfsizlik Kengashi, 23 iyul kuni Duhokning Zaho tumanida mashinasining portlashi oqibatida halok bo'lgan iste'fodagi Xavfsizlik Kengashi a'zosi brigada generali Muhammed Mirzening o'limidan PKKni javobgar deb topdi.

7 avgust kuni Dereluk yaqinida PKK tomonidan portlovchi moddaning portlatilishi oqibatida bir peshmerga yaralangan edi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Dohok , #Iroq , #PKK

Aloqador xabarlar