AQShdagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi

AQShning orollardan tashkil topgan Gavayi shtatida kuchli shamol yong‘inni kuchaytirdi. Seshanba kuni Maui orolidagi o'rmonda sodir bo'lgan yong'in katta vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi.

2023549
AQShdagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi

 

AQShning Gavayi shtatidagi Maui orolidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

AQShning orollardan tashkil topgan Gavayi shtatida kuchli shamol yong‘inni kuchaytirdi. Seshanba kuni Maui orolidagi o'rmonda sodir bo'lgan yong'in katta vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi.

Yong‘inda halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi. Taxminan 1700 ta bino zarar ko'rgan orol falokat hududi deb e'lon qilindi.

Orolning sayyohlik uchun mo‘ljallangan qirg‘oq bo‘yidagi Laxayna shahrining katta qismi yong‘in ichida qolgan. Minglab sayyohlar orolni tark etishdi, evakuatsiya davom etmoqda.

Oroldagi yong'in tufayli kelib chiqqan zich tutun havodan aralashuvni qiyinlashtirmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortishidan xavotir bildirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Halok , #67 kishi , #Yong'in , #Ormon , #AQSh

Aloqador xabarlar