Bangladeshda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi

Bangladeshda iyun-sentyabr oylarida kuzatiladigan musson yomg'irlari har yili minglab odamlarning hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

2023236
Bangladeshda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi

 

Bangladeshda musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi.

Cox's Bazarda 480 ming kishi suv toshqinidan salbiy ta'sir ko'rgan, 16 kishi hayotdan ko'z yumgan, 2 nafari esa bedarak yo'qolgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mintaqadagi suv toshqinlari 14 million Bangladesh svopiga (taxminan 128 ming dollar) moliyaviy zarar yetkazgan.

Chattogramda sodir bo'lgan va qariyb 800 ming kishiga ta'sir qilgan suv toshqinlarida 13 kishi halok bo'ldi va kamida 9 kishi bedarak yo'qoldi.

Seldan zarar ko'rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Bangladeshda iyun-sentyabr oylarida kuzatiladigan musson yomg'irlari har yili minglab odamlarning hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh

Aloqador xabarlar