Pokistonda sodir etilgan teraktda 7 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Belujistonning Kech viloyatida yo'l chetiga o'rnatilgan masofadan boshqariladigan bomba fuqarolik avtomobili o'tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

2021508
Pokistonda sodir etilgan teraktda 7 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir etilgan teraktda 7 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Belujistonning Kech viloyatida yo'l chetiga o'rnatilgan masofadan boshqariladigan bomba fuqarolik avtomobili o'tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

Bomba portlashi oqibatida 7 kishi, jumladan Belujiston Xalq partiyasi (BAP) vakili Ishoq Yoqub ham hayotdan ko'z yumgan.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmagan.

Shimoliy Vaziriston viloyatida bugun tongda sodir bo’lgan portlashda esa, ikki nafar fuqaro halok bo'lgan.

Oxirgi oylarda mamlakatda, xususan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida terror hujumlari kuchaygan.

Islomobod ushbu portlashlar Afg‘onistonda joylashgan “Pokiston Toliboni” terroristik guruhi tomonidan rejalanganligini ta’kidlab keladi. Afg‘oniston esa, buni rad etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar