Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainada 499 bola halok bo‘lgani aytilmoqda

Ukraina Bosh prokuraturasi: Rossiya tomonidan boshlatilgan keng ko‘lamli urushdan Ukrainada ko‘plab bola ziyon ko‘rmoqda.

2020896
Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainada 499 bola halok bo‘lgani aytilmoqda

Qayd etishicha, Rossiyaning qurolli hujumi oqibatida Ukrainada 499 bola halok bo‘lgan.

Ukraina Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya tomonidan boshlatilgan keng ko‘lamli urushdan Ukrainada ko‘plab bola ziyon ko‘rgani qayd etildi.

Bayonotda: “Bolalar prokuroridan olingan rasmiy maʼlumotlarga koʻra 499 nafar bola halok boʻlgan va 1090 nafardan ortiq bola turli darajada jarohat olgan”,- degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bu raqamlarning yakuniy emasligiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Urush amaliyotlari olib borilgan hududlar bilan vaqtincha ishg‘ol qilingan va ozod etilgan mintaqalarda bularni aniqlash uchun zarur faoliyatlar davom etmoqda”.-deyildi.

Bayonotda Donetsk viloyatida 483, Xarkov viloyatida 129, Xerson viloyatida 117, Zaporojyeda 97, Mikolayev viloyatida 95, Dnepropetrovskda 94, Chernigiv viloyatida 71 va Lugansk viloyatida 67 bola urushdan salbiy ta’sir ko‘rganiga e’tibor qaratildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #qurolli hujum , #Rossiya hujumlari

Aloqador xabarlar