Navalniy Rossiyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Rossiya sudi qamoqdagi muxolif Aleksey Navalniyni ekstremistik jamiyatni tashkil qilganlikda ayblab, 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

2020522
Navalniy Rossiyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

 

Rossiya sudi qamoqdagi muxolif Aleksey Navalniyni ekstremistik jamiyatni tashkil qilganlikda ayblab, 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, Moskva shahar sudida bo‘lib o‘tgan  davoda Navalniy “ekstremistik jamoa tuzish, unga qo‘shilish, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish,  "ekstremistik jamiyatni tashkil qilish, ekstremistik harakatlarga ommaviy da'vat qilish, voyaga etmaganlarni hayotga xavf soladigan harakatlarga jalb qilish"da ayblangan.

Sud sudyasi Navalniyni maxsus rejimdagi qamoqxonada jazoni o‘tash uchun 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi, Navalniyning YouTube’dagi kanalining sobiq texnik direktori Daniel Xolodniy o‘z lavozimidan ekstremistik faoliyatni moliyalashda foydalanish  va ekstremistik jamiyatga qo‘shilishda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Aleksey Navalniyning 19 yillik qamoq jazosini keskin qoraladi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel idorasi bayonotida  YI Navalniyni zudlik bilan va hech qanday shartsiz ozod qilishga chaqirdi.

Navalniyning 19 yillik qamoq jazosiga Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli ham munosabat bildirdi.

"Muxolifatni jim bo'lib bo'lmaydi. Britaniya Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirmoqda".  Deya bildirdi.

Kreml  muxolif  Aleksey Navalniy 2021-yil 17-yanvar kuni Germaniya poytaxti Berlinda davolanib, zaharlanishda ayblanib, Moskvaga qaytganida aeroportda hibsga olingan edi.

Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) 2021-yil 31-avgustda sud qarori bilan tugatilgan.

Aleksey Navalniy o‘tgan yilning yanvar oyida Rossiyada terrorizm va ekstremizmga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Qamoq , #Rossiya , #Aleksey Navalni

Aloqador xabarlar