Rossiya Ruminiya elchixonasiga nota berdi

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Ruminiya elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Konstantin Ionitaning vazirlik binosiga chaqirilgani bildirildi.

2020093
Rossiya Ruminiya elchixonasiga nota berdi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi Ruminiya elchixonasiga diplomatik xodimlar soni haqidagi o'zaro kelishuv talabi bo'yicha nota berdi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Ruminiya elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Konstantin Ionitaning vazirlik binosiga chaqirilgani bildirildi.

Qayd etilishicha, Ruminiya elchixonasi vakiliga Ruminiyaning Rossiyadagi elchixonasi va konsulliklarida ishlagan diplomatlar va xodimlar soniga kvota joriy etilgani to’g’risida nota berilgan.

“Ushbu chora Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasi va Konstansadagi Bosh konsulligiga oʻzaro asosda qoʻyilgan cheklovlarga javoban qabul qilindi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Ruminiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar