Isroil Shvetsiyada Tavrotni yoqishning oldini olishga harakat qilmoqda

Shvetsiya politsiyasi 50 yoshlardagi ayolga Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Tavrotni yoqishga ruxsat berganidan keyin Isroil aksiyaning oldini olish uchun ish olib borayotganini e'lon qildi.

2017413

Isroil Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Tashqi ishlar vaziri Eli Koen, namoyishning oldini olish maqsadida Shvetsiyalik kasbdoshi Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda Koen Shvetsiyada Tavrotning yoqib yuborilishi “ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga jiddiy putur yetkazishi”ni aytdi.

Shvetsiyada Tavrotni yoqish ko'rinishidagi harakat sodir etilishi haqidagi e'londan hayratda qolganini bildirgan Koen shved hamkasbiga "muqaddas kitoblarga zarar yetkazish tahdidiga barham berish kerakligini" aytdi.

Koen Shvetsiya hukumatidan "ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin bo'lgan bu harakatning oldini olishini" kutayotganliklarini ta'kidladi.

Shvetsiya davlat televideniyesi SVT bugun 50 yoshlardagi ayol Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Tavrotni yoqish uchun politsiyadan ruxsat olganini ma'lum qilgan edi.

Politsiya aksiyada ayoldan tashqari yana 3 kishi ishtirok etishini  ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Yoqish , #Stokgolm , #Tavrot , #Isroil

Aloqador xabarlar