Ukraina dronining Moskvaga hujumi to'xtatib qolindi

"Bugun ertalab Kiyev rejimining Moskva viloyatidagi ob'ektlarga uchuvchisiz samolyotlar yordamida terakt uyushtirishga urinishi oldi olindi" deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

2017210
Ukraina dronining Moskvaga hujumi to'xtatib qolindi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparati bilan Moskva viloyatiga hujum qilishga urinishini bloklagani haqida xabar berdi.

Vazirlikning yozma bayonotida, "Bugun ertalab Kiyev rejimining Moskva viloyatidagi ob'ektlarga uchuvchisiz samolyotlar yordamida terakt uyushtirishga urinishi oldi olindi" degan ifodalarga o'rin berildi.

Bayonotda shuningdek, uchuvchisiz samolyot Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilingani, blokirovka qilingan hujum natijasida qurbonlar va talofatlar bo'lmagani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar