Isroilda 830 nafar harbiy xizmatchi isteʼfoga chiqishga qaror qildi

Isroilda 830 nafar harbiy xizmatchi mamlakat boʻylab ommaviy norozilik va qizgʻin jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan sud-huquq islohotlariga javoban isteʼfoga chiqishga qaror qildi.

2016663

Isroil Jamoat Teleradiokompaniyasi (KAN) xabarida, Isroil Havo Kuchlaridan 260 dan ortiq uchuvchi bo'lib, taxminan 830 askarning postni tark etgani e'lon qilindi.

Isroil armiyasi radiosi orqali ismini oshkor etmagan armiya vakilining ta'kidlashicha, askarlarning xizmat qilishdan bosh tortishi "armiya samaradorligiga tahdid solmoqda".

Isroil Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi kechagi ochiq maktubida hukumatning munozarali sud tartibiga norozilik bildirish uchun ixtiyoriy zaxiradagi harbiy xizmatni tark etgan askarlarga murojaat qilib, "Agar bizda kuchli va butun armiya bo'lmasa, eng yaxshi variant armiyada xizmat qilmaslik bo'lsa, bu mintaqada davlat sifatida mavjud bo'la olmaymiz". so'zlarni ishlatgan edi.

Aloqador xabarlar