Nigeriyada sodir etilgan qurolli hujumda 34 kishi halok bo‘ldi

Zamfara viloyati 5 yildan beri qurolli to‘dalar hujumiga uchrab kelmoqda.

2016129
Nigeriyada sodir etilgan qurolli hujumda 34 kishi halok bo‘ldi

 

Nigeriyaning Zamfara shtatida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 34 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, Zamfara shtati mahalliy xavfsizlik xizmati rasmiysi Ismoil Magaji o'z bayonotida qurolli shaxslar shtatning Dan Gulbi mintaqasiga hujum uyushtirganini aytdi.

Magaji hujumda 34 kishi hayotdan ko'z yumganini, ko'plab kishi yaralanganini ma'lum qildi.

Zamfara viloyati 5 yildan beri qurolli to‘dalar hujumiga uchrab kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar