Pokistondagi sel va suv toshqinlarida qurbonlar soni 133 nafarga yetdi

Pokiston milliy ofatlarni boshqarish agentligi ma'lumotlariga ko'ra, kuchli yomg'irlar sababli yuzaga kelgan sel va suv toshqinlari butun mamlakat bo'ylab kundalik hayotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2015639
Pokistondagi sel va suv toshqinlarida qurbonlar soni 133 nafarga yetdi

 

Pokistonda 25 iyundan beri davom etayotgan musson yomg'irlari oqibatida qurbonlar soni 133 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 215 nafarga yetdi.

Pokiston milliy ofatlarni boshqarish agentligi ma'lumotlariga ko'ra, kuchli yomg'irlar sababli yuzaga kelgan sel va suv toshqinlari butun mamlakat bo'ylab kundalik hayotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Mamlakatda 25 iyundan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari sababli yuzaga kelgan hodisalarda 133 kishi, jumladan Panjobda 65, Xayber Paxtunxvada 35, Sindda 10, Balujistonda 6, Islomobodda 11, Azad Jammu Kashmirda 5, Balistonda 12 kishi halok bo‘lgan.

Mamlakatning turistik hududi Gilgit Baltistanda ko‘chki va suv toshqini tufayli ko‘plab odamlar qolib ketgan.

Mamlakatning savdo markazi Karachida shiddatli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Shaharning ayrim joylarida ko‘chalar, uylar va do‘konlar suv ostida qolgan.

Har yili iyun-sentyabr oylarida musson yomg'irlari Pokistonga katta zarar yetkazadi.

O'tgan yili mamlakatda musson yomg'irlari natijasida sodir bo'lgan suv toshqinlari tufayli 1739 kishi hayotdan ko'z yumgan va tabiiy ofatning mamlakatga yetkazgan zarari 30 milliard dollardan oshgani e'lon qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar