Istanbulda Qur’on-i Karimni himoya qilish xalqaro forumi tashkil etildi

Daniya va Shvetsiyada Qur’on-i Karimni yoqib yuborish va uni tepalash kabi islom olamini g‘azablantiruvchi harakatlardan so‘ng, Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi tomonidan Qur’on-i Karimni himoya qilish xalqaro forumi tashkil etildi.

2014877
Istanbulda Qur’on-i Karimni himoya qilish xalqaro forumi tashkil etildi

Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlardan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkilotini (BMT) hamkorlikka va bu borada qaror qabul qilishga chaqirdi.

Daniya va Shvetsiyada Qur’on-i Karimni yoqib yuborish va uni tepalash kabi islom olamini g‘azablantiruvchi harakatlardan so‘ng, kuni kecha Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi tomonidan ko‘plab uyushmalar hamda arab parlamentarlar va mutafakkirlari ishtirokida Qur’on-i Karimni himoya qilish xalqaro forumi tashkil etildi.

Istanbuldagi Xalqaro musulmon ulamolari birdamlik jamiyati (UMAD) binosida boʻlib oʻtgan forumning yakuniy bayonotida Qurʼon-i Karimni haqorat qilish xalqaro tinchlikka tahdid solayotgani taʼkidlanib, dinlarni haqorat qilishning oldini oluvchi xalqaro kelishuvga erishish maqsadida BMT, konstruktiv hamkorlikka va tegishli qaror qabul qilishga chaqirildi.

Bayonotda shuningdek, musulmonlarning muqaddas qadriyatlarini haqorat qilish bo‘yicha konferensiya o‘tkazish va ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarali vositalarni o‘z ichiga olgan strategik reja tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Islom davlatlaridan bu harakatlarga ruxsat bergan Gʻarb davlatlari bilan uchrashib, bu harakatlardan kelib chiqish ehtimoli boʻlgan xavflarni ochib berish shuningdek, Islom davlatlaridan Islomni targʻib qilish uchun xalqaro, iqtisodiy va siyosiy aloqalarga sarmoya kiritish va buni strategik maqsad sifatida belgilab olish talab qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar