Ukraina qurolli kuchlariga yordam uchun 20 mlrd yevro ajratish taklif qilindi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlariga Ukrainaga harbiy yordamni 20 milliard yevroga oshirishni taklif qildi.

2014478
Ukraina qurolli kuchlariga yordam uchun 20 mlrd yevro ajratish taklif qilindi

 

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi davlatlariga Ukrainaga harbiy yordamni 20 milliard yevroga oshirishni taklif qildi. 

Unga ko‘ra, Yevropa diplomatiyasi rahbari Ukraina harbiy ehtiyojlarini qoplash uchun 2024 yildan 2027 yilgacha har yili taxminan 5 milliard yevro ajratishni taklif qilgan. Bu masalaning birinchi muhokamasi 20 iyul, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ko‘tarilishi kutilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lar Yevropa tinchlik jamg‘armasiga (YeTJ) o‘tkazilishi kerak. Bu fonddan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Ukrainaga beriladigan qurol va o‘q-dorilar uchun qisman tovon puli olishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasini ta’minoti uchun 20 milliard yevro ajratish niyatida ekani haqida Politico ushbu rejalar bilan tanish bo‘lgan bir necha diplomatlarga tayanib xabar bergan edi. Shu bilan birga, YeI Ukraina uchun qurol sotib olishni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirmasligi, balki a’zo davlatlarga o‘q-dorilar, raketalar va tanklarni xarid qilish va Kiyevga yetkazish xarajatlarini qoplashga yordam berishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, YeI jamg‘armasi Ukraina harbiylarini tayyorlash uchun to‘lovlar to‘lashga yordam beradi. 

Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasiga 5,5 milliard yevro ajratdi. Iyun oyi oxirida YeI tashqi ishlar vazirlari bu miqdorni yana 3,5 milliard yevroga oshirishga kelishib oldi. Biroq, ayni damda Vengriya Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning navbatdagi transhiga to‘sqinlik qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar