Germaniya Turkiya bilan aloqalarni davom ettirish tarafdori

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun muzokara jarayonining so‘nggi yillarda nafaqat to‘xtab qolganini, balki chuqur boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi.

2014115
Germaniya Turkiya bilan aloqalarni davom ettirish tarafdori

 

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun muzokara jarayonining so‘nggi yillarda nafaqat to‘xtab qolganini, balki chuqur boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi.

Bu haqda u kecha, 20 iyul kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishiga kelganida jurnalistlarga bayonot berdi. 

“Bizda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari bo‘yicha juda aniq qoidalar bor. So‘nggi yillarda Turkiyaning qo‘shilish istiqbollari, jarayonlari va taraqqiyoti nafaqat to‘xtab qoldi, balki, men aytgan bo‘lardimki, bu muzokaralar uchun zarur bo‘lgan asosiy boblar – qonun ustuvorligi, inson huquqlarini himoya qilish – nafaqat amalga oshirilmagani, balki uzoqqa cho‘zilgani tufayli ham chuqur muzlatib qo‘yilgan”, deydi Berbok. 

Shu bilan birga, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Turkiya bilan aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.  

“Shunga qaramay, biz doimo bir-birimiz bilan muloqotda bo‘lishimiz nihoyatda muhim”, deya xulosa qildi Berbok.

Uning qayd etishicha, Turkiya bilan qo‘shnichilik juda muhim ekanini urg‘uladi.  

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda o‘tgan NATO sammitidan so‘ng Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an o‘z mamlakatining Yevropa Ittifoqiga kirishi, bojxona ittifoqi doirasidagi munosabatlarni yangilash va Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejimni uzaytirish bilan bog‘liq muzokaralar jarayonini tezlashtirish niyatini ma’lum qildi. Turkiya 2005 yildan beri Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo sifatida rasman kirishga intilmoqda. Bugungi kunga kelib, muzokaralar fayli deb ataladigan 35 ta pozitsiyadan 16 tasi ochilgan. Muzokaralardagi asosiy to‘siq Kipr muammosidir.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Germaniya

Aloqador xabarlar