Turkiya sudi Qur’onni yoqqan Paludanni hibsga olishga qaror qildi

Paludanga nisbatan aholining bir qismi tomonidan qabul qilingan diniy qadriyatlarni omma oldida haqorat qilish ayblovi qo‘yilgan.

2014114
Turkiya sudi Qur’onni yoqqan Paludanni hibsga olishga qaror qildi

 

Anqara jinoiy sudi Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludanni hibsga olishga order berdi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Paludanga nisbatan aholining bir qismi tomonidan qabul qilingan diniy qadriyatlarni omma oldida haqorat qilish ayblovi qo‘yilgan.

Tergov doirasida Bosh prokuratura sudga Paludanni ko‘rsatma berish uchun hibsga olish so‘rovi bilan murojaat qilgan. Sud arizani qanoatlantirgan.

Eslatma: Joriy yilning 21 yanvar kuni o‘ng ekstremistik partiya rahbari Rasmus Paludan Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgandi. U o‘z nutqida NATO, Turkiya va ushbu mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anni tanqid qilgan, shuningdek, Muhammad payg‘ambarning karikaturasini namoyish etgan. Bu esa Turkiya va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlarning chigallashishiga olib kelgandi. 


Tanlangan kalimalar: #Paludan , #Turkiya

Aloqador xabarlar