Germaniya matbuoti Turkiya va Gretsiya munosabatlarini olqishladi

Germaniyaning Bild gazetasi, Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi munosabatlarda oxirgi kunlarda yuz bergan ijobiy o'zgarishlarni olqishladi.

2012202
Germaniya matbuoti Turkiya va Gretsiya munosabatlarini olqishladi

 

Germaniyaning Bild gazetasi, Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi munosabatlarda oxirgi kunlarda yuz bergan ijobiy o'zgarishlarni olqishladi.

Gazeta xabarida, "Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an yana yunonlarning eng yaxshi do'sti bo'ldi. Ular qochqinlar inqirozini to'xtata oladi". Bir muddat yaxshi o'tmagan munosabatlar endi ijobiy davrga almashtirilgani ta'kidlandi.

Gretsiya va Turkiyaning yaxshi do'st ekaniga rasman urg'u berilgan xabarda, Litvaning poytaxti Vilnyusda bo'lib o'tgan NATO sammitida buning aksini ko'rganligi bildirildi.

6-fevral kuni Turkiyada yuz bergan zilzila falokatining ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning yana ijobiy ivish olishi uchun burilish nuqtasi bo'lganiga urg'u berilgan xabarda, “Bir falokat hamma narsani oʻzgartirdi. Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Turkiyaga tashrif buyurgan birinchi Yevropalik yuqori martabali amaldor boʻldi. (O'sha paytdagi tashqi ishlar vaziri) Mavlud Chavusho'g'li yunon hamkasbini quchoqladi." Ikki davlat o'rtasidagi ijobiy aloqalarning ahamiyatiga diqqat qaratgan xabarda, "Bu yangi davr nafaqat ikki davlatni, balki butun Yevropani ham ta'sir qiladi.

Nega deb so'rayapsizmi? "Muhojirlar inqirozi tufayli." Zilziladan keyin Turkiya tartibsiz muhojirlar masalasida Gretsiya bilan hamkorlik alomatlarini ko'rsatdi.

"Bu xayrixohlik Merich daryosi chegarasida odamlarning chekinishiga taalluqli bo'lsa-da, Turkiya qirg'oq qo'riqlash xizmati ham o'nlab qayiqlarni Gretsiya va Yevropa suvlariga yetib bormasdan to'xtatdi."  Deyiladi.

Gretsiya hukumatining sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Aleksandros Diakopulos gazetaga bergan intervyusida Turkiyaning xayrixohligi juda foydali ekanini aytdi.

 

Gretsiya Yevropa va Tashqi siyosat jamg'armasi eksperti Jorj Tzogopulos, agar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar ijobiy kun tartibi bilan davom etsa,  uning so'zlariga ko'ra, qochqinlar inqirozini hal qilishda Yevropa Ittifoqi (YI) uchun katta qadam tashlangan bo'lardi.

 “Umumiy front tuziladi va har ikki davlat Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladi”, dedi Tzogopulos. dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar