Niger janubi-g‘arbida sodir bo'lgan terakt oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Armiyadan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Tillaberi hududida noma'lum qurolli shaxslar konvoyga hamrohlik qilgan politsiya mashinasini nishonga olgan.
2012161
Niger janubi-g‘arbida sodir etilgan terakt oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.
Armiyadan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Tillaberi hududida noma'lum qurolli shaxslar konvoyga hamrohlik qilgan politsiya mashinasini nishonga olgan.
Voqeada 4 nafar tinch fuqaro va 1 nafar politsiyachi hayotdan ko'z yumgan, 19 kishi yaralangan.
Tillaberi hududi Niger, Mali va Burkina-Faso o'rtasidagi chegara chizig'ida joylashgan bo'lib, "3 davlat chegarasi" deb nomlanadi.
Bu chegara chizig'i Al-Qoida va Daishga aloqador terroristik guruhlar tomonidan tez-tez hujumga uchraydi.
Nigerdan 12 mingga yaqin askar terrorizmga qarshi operatsiyalarda qatnashmoqda, ularning deyarli yarmi Mali va Burkina-Fasoning 1400 kilometrlik chegarasida joylashgan.