Stoltenberg:"Urush davom etar ekan, Ukraina NATOga to‘laqonli a’zo bo‘la olmaydi"

NATOga a’zo davlatlar tashkilotning 11 iyul, seshanba kuni Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitida Rossiya bilan urush tugaganidan so‘ng Ukrainaga ittifoqqa qo‘shilish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qarorga keldi.

2010223
Stoltenberg:"Urush davom etar ekan, Ukraina NATOga to‘laqonli a’zo bo‘la olmaydi"

 

NATOga a’zo davlatlar tashkilotning 11 iyul, seshanba kuni Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitida Rossiya bilan urush tugaganidan so‘ng Ukrainaga ittifoqqa qo‘shilish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qarorga keldi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya bilan urush davom etar ekan, Ukraina NATOga a'zo bo'la olmasligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, agar NATOga a’zo davlatlar buning uchun shartlar bajarilgan deb hisoblasa, Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish taklifini oladi.

"Biz Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini tasdiqladik va a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildik", dedi tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida.

U shuningdek, Ukraina uchun jiddiy harbiy yordam paketi kelishilganligini va siyosiy aloqalarni oshirish uchun NATO-Ukraina kengashi tuzilganini ifoda etdi.

Stoltenberg Ukraina uchun ba'zi siyosiy va harbiy mezonlarni o'z ichiga olgan a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasi bekor qilinganligini, a'zolik jarayonini ikki bosqichdan bir bosqichga qisqartirganligini aytdi.

"Biz Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini yana bir bor ta’kidladik va alyansga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilishga kelishib oldik. Bu Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lini o‘zgartiradi, ikki bosqichli jarayon o‘rniga bir bosqichli jarayon paydo bo‘ldi. Biz ittifoqchilar kelishuvga erishib, shartlar bajarilgach, Ukrainaga NATOga a’zo bo’lish taklifini yuborishimizni aniq aytdik", - dedi Stoltenberg. 

"Ukraina rioya qilishi kerak bo'lgan, ammo etishamayotgan masalalar nimalar?" degan savolga Stoltenberg shunday javob berdi:

"Ikki jihat bor. Birinchisi, ular mudofaa va xavfsizlik institutlarini qanchalik modernizatsiya qila olishi, boshqaruvni, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashni qanday kuchaytirishi. Bu har bir NATO kengayishida koʻrib chiqiladigan masalalar. Chunki biz yaxshi boshqaruv va kuchli mudofaa va xavfsizlik institutlarini xohlaymiz. Biz ham NATO bilan hamkorlik qila oladigan qurolli kuchlarni xohlaymiz. Mudofaa va xavfsizlik institutlarini modernizatsiya qilish ustida ishlayapmiz. Shuningdek, biz ko'p yillik dastur bilan o'zaro hamkorlik qilish ustida ishlayapmiz. Yana bir jihat - Ukrainada davom etayotgan urush. Ukraina askarlari butun dunyoni hayratda qoldiradigan jasorat ko'rsatdilar. Ammo barcha ittifoqchilar urush davom etar ekan, Ukrainani to‘laqonli a’zoga aylantirmaslikka rozi”.

Boshqa tomondan, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Vilnyusda Ukrainaning NATOga a'zoligini qo'llab-quvvatlagan kontsertning ochilishida so'zlagan nutqida, NATO Ukraina xavfsizligini ta'minlashini va Ukraina NATOni yanada kuchli qilishini aytdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #NATO

Aloqador xabarlar