Yevropa ittifoqi Qora dengiz don tashabbusi muddatini uzaytirishga chaqirdi

Peter Stano, Yevropa ittifoqi sifatida alohida e’tibor bergan masalalaridan biri Ukraina donining jahon bozoriga chiqishi ekanini qayd etdi.

2007020
Yevropa ittifoqi Qora dengiz don tashabbusi muddatini uzaytirishga chaqirdi

Yevropa ittifoqi, Ukraina donini xalqaro bozorlarga jo‘natishni nazarda tutuvchi Qora dengiz don tashabbusi muddatini uzaytirishga chaqirdi.

Yevropa ittifoqi komissiyasi voizlaridan Peter Stano, uyushtirgan matbuot anjumnida don kelishuvi haqidagi savolga javob berar ekan, ularning Yevropa ittifoqi sifatida alohida e’tibor bergan masalalaridan biri Ukraina donining jahon bozoriga chiqishi ekanini qayd etdi.

Stano, “Ushbu tashabbusning barcha tomonlarini kelishuvni uzaytirishga chaqiramiz. Turkiya bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshchiligidagi muzokaralarni zarurat deb bilamiz”, - dedi.

Kelishuvni uzaytirish uchun barcha yechimlarni tadqiq qilishga ochiq ekanliklarini ifoda etgan Stano, Rossiyaning Ukrainadagi urushini ham iloji boricha oldini olishga davom etishlarini ta’kidladi.

Xalqaro ommaviy axborot vositalarida, Yevropa ittifoqining kelishuv muddatini uzaytirish maqsadida Rossiya qishloq xo‘jaligi bankiga (Rosselxozbank) nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha imtiyozlar berishni ko‘rib chiqayotgani aytilgan edi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatining global oziq-ovqat narxlariga ko‘rsatgan ta’sirini kamaytirish maqsadida BMT, Rossiya, Turkiya va Ukraina o‘tgan yilning 22-iyuli kuni Istanbulda o‘tkazilgan yig‘ilishda Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvini imzolagandi.

Avval bir necha bor uzaytirilgan kelishuv muddati bu yil 17-iyulda tugaydi. Rossiya rasmiylari esa kelishuvni uzaytirish ehtimollari yo‘qdek munosabat bildirmoqda.



Aloqador xabarlar