Moskva: 700 nafar ukrainalik bola Rossiyada

Bir tomondan Rossiya ukrainalik bolalarga g‘amxorlik qilayotgani haqida gapirar ekan, ikkinchi tomondan Ukraina, Rossiyani ukrain bolalarni o‘g‘irlashda ayblamoqda.

2006377
Moskva: 700 nafar ukrainalik bola Rossiyada

Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya kengashining Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Grigoriy Karasin, Ukrainadagi mojaro zonalaridan kelgan 700 ming bolaning Rossiyada ekanini ma’lum qildi.

Karasinning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali iddio etishicha, Kiyev ma’muriyati bolalar bilan bog‘liq “muammo yaratishga” urinmoqda.

Uning aytishicha, “Rossiya, ba’zi Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, bolalarga g‘amxo‘rlik qilib, iliq munosabatda bo‘lmoqda”.

“Soʻnggi yillarda Ukrainadagi mojaro zonalaridan qochgan 700 ming bola mamlakatimizdan boshpana topdi. Ko‘pchiligi oilalari bilan, bolalar uyi tarbiyalanuvchilari esa o‘qituvchilari bilan birga”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina esa Rossiya kuchlarini, ukrainalik bolalarni Lugansk va Donetsk viloyatlaridan o‘g‘irlashda ayblamoqda.

Bolalarni topish va qutqarish maqsadida tashkil etilgan Vaqtinchalik bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi portaliga ko‘ra, urush boshlangan 2022-yilning 24-fevralidan buyon ukrainalik 19 492 nafar bola noqonuniy ravishda deportatsiya qilingan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga noqonuniy olib ketilgan ukrainalik bolalar soni 19 mingdan ortiq bo‘lishi mumkinligini ifoda etar ekan ayni vaqtda, Rossiya nazoratidagi Ukraina hududida kamida 200 ming bola borligiga e’tibor qaratgandi.

Xalqaro jinoiy sud Rossiya-Ukraina urushi davrida ukrainalik bolalarning Rossiyaga o‘g‘irlab ketilgani bo‘yicha Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order berilganini ma’lum qildi.

Bayonotda, har ikki gumonlanuvchining ham ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy olib ketish jinoyatida ishtirok etgani va Putin, oʻz qoʻli ostidagilarning bu jinoyatni sodir etishiga toʻsqinlik qilmagani uchun javobgar ekanini taʼkidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #ukrainalik bolalar , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar