Germaniya Fransiyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib bormoqda

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 2 iyul, yakshanba kuni ARD ommaviy yuridik media-kompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2006113
Germaniya Fransiyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib bormoqda

 

Germaniya besh kundan beri tartibsizliklar tinmayotgan Fransiyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib bormoqda.

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 2 iyul, yakshanba kuni ARD ommaviy yuridik media-kompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Berlin Fransiyani “do‘stona qo‘shni davlat” sifatida ko‘radi, dedi Germaniya hukumati rahbari.

U Fransiya Respublikasiga beqarorlik tahdid solmasligiga va uning prezidenti Emmanuel Makron “vaziyatning tez yaxshilanishini ta’minlash yo‘llarini topishiga” ishonch bildirdi.

Bir kun avval Fransiya davlati rahbari Germaniyaga 2-4 iyul kunlariga mo‘ljallangan davlat tashrifini qoldirgan edi.

Shu bilan birga, Shols Germaniyada ham tartibsizliklar boshlanishi mumkinligiga ishonmaydi. "Buning belgilari yo‘q", deb ta’kidladi u.

Parij yaqinidagi norozilik namoyishlari 28 iyunga o‘tar kechasi Nanterda 17 yoshli o‘smirning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi ortidan boshlandi. Avtomobilni boshqarayotgan o‘smir yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talabiga ko‘ra to‘xtashdan bosh tortgan va otib o‘ldirilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar yigitni saqlab qola olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Olaf Shols , #Germaniya

Aloqador xabarlar